"Real" ikki futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

"Real Madrid" ikki futbolchisini sotuvga qo'yishni reja qilgan. Xabarlarga ko'ra, Dani Sebalos hamda Marko Asensio bu yozda yangi jamoa topadi. Ikki futbolchi ham "qirollik klubi"ga ortiqchalik qilmoqda.
Sebalos uchun 9 million funt so'raladi. Asensio narxi esa ma'lum emas. Taxminlarga ko'ra, uning transferi 30 million funtdan kam bo'lmaydi.
Manba: caughtoffside.com