«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich faoliyatini «Real»da davom ettirishni istamoqda. Ammo «Qirollik klubi» uning xizmatlariga qiziqish bildirmayapti.

"Libertad Digital" tarqatgan xabarga ko'ra, serbiyalik futbolchi «Yuventus»dagi kelajagiga ishonch bilan qaramayapti. Shu bois, u yozda boshqa top-klubga o'tishni rejalashtirmoqda.

«Real»ga esa Karim Benzemaning o'rnini bosa oladigan hujumchi zarur. Ammo jamoa rahbariyati Vlaxovichni bunga munosib forvard deb hisoblamayapti.

Avvalroq Dushan Vlaxovichning xizmatiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgandi.

Manba: football24.ru