"Real"ga kerak bo'lmagan futbolchiga yana bir da'vogar paydo bo'ldi

"Yuventus" ham bu kurashga qo'shiladi. Xabarlarga ko'ra, "Real" futbolchisi Marko Asensioga turinliklar ham qiziqish bildirmoqda.
Asensio keyingi yozda erkin agentga aylanadi va "Real"da qolish niyatida emas. U uchun "Barselona", "Liverpul" hamda "Arsenal"dan jiddiy qiziqishlar mavjud.
26 yoshli yarim himoyachi 2023 yilning 1 fevralidan boshlab istalgan klub bilan muzokaralarga kirishishi mumkin.
Manba: bbc.com