"Real" futbolchisiga ikki ispan giganti qiziqish bildirmoqda

"Real" futbolchisiga da'vogarlar mavjud. Xabarlarga ko'ra, "Vilyarreal" va "Real Betis" madridliklar tarbiyalanuvchisi Rafa Maringa qiziqish bilan qaramoqda.
21 yoshli yarim himoyachi yoshlar jamoasida o'zini ko'rsatgan edi. Marin u erda o'tgan mavsum davomida 3 ta gol va 1 ta assistga mualliflik qilgan. Ayni damda u 10 million evro atrofida baholanmoqda.
Manba: newsnow.co.uk