"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos joriy mavsum oxirida boshqa Evropa klubiga o'tishi mumkin, deya xabar beradi Todofichajes nashri.

"Qaymoqranglilar" yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilishmadi, shuning uchun u erkin agent sifatida ketishi mumkin.

"Leyptsig" 26 yoshli markaziy yarim himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi Sebalos bilan 3 yillik shartnoma imzolashga tayyor.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida yarim himoyachi 19 o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, u to'rtta sariq kartochka oldi.