«Real» Alaba bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi

"Real" klubi "Bavariya" himoyachisi David Alaba bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Avstriyalik futbolchining "Bavariya" bilan shartnomasi 2021 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan bo'lib, u 1 yanvar sanasidan boshqa jamoa bilan muzokara olib borish imkoniyatiga ega. U yozda "Santyago Bernabeu"ga bepul ko'chib o'tishi mumkin.
"Real" Alabaga 10 million evro yillik maosh bilan 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Ushbu transferni "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan ma'qulladi. Frantsiyalik murabbiyga Alabaning universalligi yoqadi.