"Real" 2 metrli ukrainalik darvozabonni sotib oladi

Madridning “Real” klubi 16 yoshli ukrainalik darvozabonni sotib oladi.
Madrid klubi "Rayo Maxadaonda" futbolchisi Ilya Voloshinni sotib olishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Marca nashri.
Darvozabonning bo'yi 2 metrdan uzun.
"Real Madrid" allaqachon futbolchi bilan kelishuvga erishgan va "Rayo" bilan muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o'tamiz, Madridliklar safida yana bir ukrainalik darvozabon Andrey Lunin o'ynaydi.