"Real" 150 million funtlik hujumchiga qiziqib qolgan

"Real" APLning eng yaxshi hujumchisiga ko'z tikkan. Xabarlarga ko'ra, "qirollik klubi" "Manchester Siti" futbolchisi Erling Xolandni sotib olishi mumkin.
23 yoshli norvegiyalikning amaldagi shartnomasida tovon puli mavjud va u 150 million funtga teng. Xolandga "Barselona" ham qiziqish bildirgan. U 2022 yilda 51 million funt evaziga sotib olingan.
Manba: caughtoffside.com