Rayan Sessenon – «Tottenxem»ning navbatdagi nishoni

Londonning “Tottenxem” klubi yozgi transferlar vaqtida himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
Sky Sports nashrining xabar berishicha, “shporlar” “Fulxem”ning 18 yoshli himoyachisi Rayan Sessenonni sotib olishni rejalashtirmoqda.
“Tottenxem” yosh futbolchi uchun 50 mln evro berishga tayyor. Shuningdek, Sessenonni “Manchester Yunayted” kuzatmoqda.