Rasmiy xabar: «Lester Siti» yarim himoyachisi «Monako»ga o'tdi

“Monako” “Lester Siti” yarim himoyachisi Adrien Silvani ijaraga oldi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
Monegaskliklar futbolchini bir mavsumga ijarga oldi.
Ta'kidlab o'tamiz, 30 yoshli portugaliyalik futbolchi o'tgan mavsumning yarmini ham “Monako”da ijarada o'tkazgan edi. U Frantsiya chempionatida 15ta o'yinda maydonga tushgan.