Rasmiy xabar. «Arsenal» «Chelsi» himoyachisini qo'lga kiritdi

Angliyada transfer oynasi yopilish arafasida «Arsenal» muhim transferni amalga oshirdi. «Chelsi» himoyachisi David Luiz «kanonirlar» safiga o'tdi.
Hozircha ushbu kelishuv shartlari oshkor qilinmayapti. "Arsenal" braziliyalik futbolchi uchun taxminan 8 million funt sterling to'lagan. 32 yoshli futbolchi bilan esa 2 yillik shartnoma imzolandi. David Luiz «Arsenal»da 23-raqamli futbolkada o'ynaydi.
Luiz 2011-2014 va 2016-2019 yillarda «Chelsi» sharafini himoya qilgan bo'lsa, oradan 2 yil "PSJ"da faoliyat yuritgan.