Rasman! Zabolotniy «Sochi»ga o'tdi

“Zenit” hujumchi Anton Zabolotniiy jamoani tark etganini e'lon qildi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Avvalroq, peterburgliklar futbolchi bilan xayrlashmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik. Futbolchi “Sochi” bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Eslatib o'tamiz, hujumchi o'tgan mavsum 30ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 4ta golga assistentlik qildi.