Rasman! "Yuventus" futbolchisi "Latsio"ga o'tdi

Rimning "Latsio" klubi "Yuventus"ning yosh tayanch yarim himoyachisi Nikolo Rovellani rasman ijaraga oldi.
"Latsio" matbuot xizmati futbolchining keyingi ikki mavsum uchun ijara asosida o'ynashini ma'lum qildi.
Rovella 21 yoshda, u markaziy va tayanch yarim himoyachi pozitsiyalarida o'ynaydi. U "Jenoa" tarbiyalanuvchisi bo'lib, o'z klubini tark etgan va 2021 yilning qishida "Yuventus"ga o'tgan.
Futbolchi so'nggi mavsumni "Montsa" safida o'tkazdi. U klub safida 27 ta rasmiy o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali yosh futbolchining narxini 18 million evroga baholamoqda.