Rasman! "Yuventus" futbolchisi A Seriyaning boshqa klubiga ijaraga berildi (foto)

"Empoli" klubi "Yuventus"ning 27 yoshli vingeri Marko Pyatsani sotib olish optsiyasi bilan ijaraga oldi.
Marko Pyatsa “Yuventus”ga 2016 yilda Zagrebning “Dinamo” klubidan kelib qo'shilgan va jamoa safida A Seriyada 14 ta o'yinda maydonga tushgan.
"Empoli"dagi ijara xorvatiyalik uchun Turin klubiga o'tgandan keyin 6-jamoasi bo'ladi. Ilgari "Yuventus" uni “Shalke”, “Fiorentina”, “Anderlext”, “Jenoa” va “Torino” klublari ijaraga bergandi.
