“Jenoa” hujumchi Vitinya Oliveyra bilan shartnoma imzoladi.

23 yoshli hujumchi "Marsel"dan Italiya klubiga o'tdi. U 2022/23 yilgi mavsumdan buyon Frantsiya klubida o'ynab kelayotgandi.

Genuyaliklar portugaliyalik futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega. Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, agar u faollashtirilsa, "Jenoa" 25 million evro to'laydi.

Joriy mavsumda Vitinya Liga 1da 18 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi.