"Arsenal"ning ikkinchi taklifi ham rad etildi. Sky Sports bergan xabarga ko'ra, to'pchilarning "Vest Xem" sardori Deklan Rays uchun taklif etgan 90 million funtlik taklifi rad etilgan.

Taklifning 75 millioni 4 yil davomida to'lash shartini o'z ichiga olardi. 15 millioni esa bonuslar bo'lib, futbolchilar belgilangan natijalarga erishilganda, besh yil davomida to'lanishi kerak edi.

"Vest Xem"ning talabi o'zgarmagan: 120 million funt yoki 100 million funt + futbolchi.

Manba: caughtoffside.com