"Valensiya" "Valyadolid" yarim himoyachisi Selim Amallani ijaraga oldi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.

Shartnoma 1 mavsumga tuzilgan. "Valensiya" futbolchining shartnomasini sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

26 yoshli marokashlik futbolchi joriy mavsum "Valyadolid” safida 1 ta o'yin o'tkazdi. O'tgan mavsumda u jamoa tarkibida 7 ta o'yinda maydonga tushdi (2 gol, assistentlik).

Transfermarkt futbolchini 3 million evroga baholamoqda.