Rasman! TsSKA hujumchisi Italiya A Seriyasiga ko'chib o'tdi

Moskvaning TsSKA klubi argentinalik hujumchi Adolfo Gaychni joriy mavsum oxirigacha ijara asosida "Verona"ga o'tganini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, ijara shartnomasida 23 yoshli futbolchini sotib olish varianti ko'zda tutilgan, u ketish oldidan Moskva klubi bilan shartnomasini olti oyga uzaytirishga muvaffaq bo'lgan.
Joriy mavsumda Gaych TsSKA safida 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Argentina terma jamoasining sobiq futbolchisini 1,8 million evroga baholamoqda.
RPLning 17-turidan so'ng “harbiylar” o'z hisobida 29 ochko to'plagan holda turnir jadvalida beshinchi o'rinni egallab turishibdi.