Garri Uinks "Tottenxem"dan "Lester"ga o'tdi.

"Tulkilar" 27 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. U 3 yillik shartnoma imzoladi. Oldinroq "shporlar" bu transfer uchun 10 million funt olishi xabar qilingandi.

O'tgan mavsum yakuniga ko'ra, Angliya Premer-ligasida "Lester" klubi turnir jadvalida 18-o'rinni egallab, Chempionshipga tushib ketdi.

Uinks 2014 yilda "Tottenxem" safida debyut qilgan va asosiy jamoa tarkibida 203 ta o'yinda maydonga tushgan.