«Real» himoyachisi Serxio Regilon «Tottenxem»ga o'tdi. Bu haqda londonliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

«Shporlar» chap qanot himoyachisining taqdimotini maxsus rolik yordamida ijtimoiy tarmoqlar orqali o'tkazdi.

Regilon yangi jamoasi safida 3-raqamli futbolkada o'ynaydigan bo'ldi. Britaniya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, "Tottenxem" 23 yoshli futbolchi uchun 30 million evro to'laydi. Serxio "Tottenxem" bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Regilon o'tgan mavsumni ijara asosida «Sevilya»da o'tkazib, 38ta o'yinda maydonga tushgan holda 3ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.