Rasman. «Tottenxem» 16 yoshli futbolchining transferini hal qildi

«Tottenxem» 16 yoshli markaziy himoyachi Luka Vushkovichning transferini hal qildi. Londonliklar ushbu futbolchi uchun Xorvatiyaning «Xayduk» klubiga 13,8 million evro to'lashadi.
Futbolchining o'zi esa ikki yildan keyin — 18 yoshga to'lganida yangi jamoasi safiga ko'chib o'tadi. Uning bo'yi 1,93 m. ekani e'tiborga molik.