"Roma" matbuot xizmati "Chelsi" futbolchisi Temmi Abrahamni sotib olgani haqida xabar bermoqda. Ma'lum bo'lishicha, shartnoma 2026 yilning yozigacha amal qiladi, oylik maoshi 4,5 million evro. Transfer narxi 40 million evro va 5 million evro bonusni tashkil qiladi.