"Selta" yarim himoyachisi Denis Suares "Espanol" klubiga mavsum oxirigacha ijaraga berildi.

Joriy mavsumda 29 yoshli futbolchi Vigo jamoasi safida birorta ham rasmiy o'yin o'tkazmagan. O'tgan yilgi Ispaniya chempionatida Suares 38 uchrashuvda 4 ta gol va 6 golga assistentlik qilgan.

Transfermarkt portali Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisini 5 million evroga baholamoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Suares "Sevilya", "Arsenal" va "Barselona" kabi jamoalarda to'p surgan. Kataloniyaliklar tarkibida u ikki marta mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan va Andalusiya klubi bilan birgalikda 2015 yilda Evropa Ligasi g'olibiga aylangan.