«Lion» klubi «Liverpul» yarim himoyachisi Jerdan Shakirining transferini e'lon qildi.

Frantsiyaliklar tarqatgan xabarga ko'ra, 29 yoshli futbolchi uchun 6 mln evro to'lagan. Shuningdek, yana 5 million evro miqdorida bonuslar ko'zda tutilgan.

Shveytsariyalik futbolchi «Lion» bilan 2024 yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan shartnoma imzo chekdi.

Shakiri 2018 yilda «Stok Siti»dan «Liverpul»ga o'tgandi. Mersisaydliklar safida u 63ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 9ta golga uzatma berdi.

Manba: sport24.ru