"PSJ" yarim himoyachisi Leandro Paredes "Roma"ga qaytdi va ikki yillik shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda rimliklar rasmiy sayti.

Argentinalik futbolchi 2014-2017 yillarda Rim klubi futbolchisi bo'lgan.

Insayderlarning fikricha, bu transfer "Roma"ga 4 million evrodan sal ko'proqqa tushgan.

Paredes 2019 yilda "Zenit"dan 40 million evro evaziga "PSJ"ga o'tgan edi. U o'tgan mavsumni "Yuventus"da ijara asosida o'tkazgan.