«Real» o'z safiga himoyachi Fran Garsiyani qo'shib oldi. Madridliklar chap qanot himoyachisi bilan 4 yillik shartnoma imzolashdi.

Fran Garsiya so'nggi 3 mavsumni «Rayo Valekano»da o'tkazdi. U joriy mavsumda o'z jamoasi safida eng ko'p maydonga tushgan o'yinchiga aylandi.

Fran 2020 yilda "Kastilya"dan "Rayo"ga transfer qilinayotganida "Real"ni uni 5 million evroga qayta sotib olishi mumkinligi haqidagi band kiritilgandi. "Qirollik klubi" ushbu bandni faollashtirib, o'z tarbiyalanuvchisini sotib oldi.

Fran Garsiyaning taqdimot marosimi 12 iyun kuni bo'lib o'tadi.

Manba: sports.ru