"Almeriya" "Real" yarim himoyachisi Serxio Arribas bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

21 yoshli ispaniyalik futbolchi yangi klubi bilan 6 yillik shartnoma imzoladi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, ushbu transfer "Almeriya"ga 8 million evroga tushgan.

Arribas "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi. U Madridning asosiy jamoasida 14 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urgan.