«Leyptsig» himoyachisi Nordi Mukiele faoliyatini «PSJ»da davom ettiradi. Parijliklar ushbu 24 yoshli futbolchini 12 million evroga sotib olib, u bilan 5 yillik shartnoma imzolashdi.

Eslatib o'tamiz, Mukiele uchun «Chelsi» ham kurash olib borgandi. Nordi o'tgan mavsumda 37ta o'yinda ishtirok etib, 2 gol va 5 assist muallifiga aylangandi. Uning bozor narxi 20 million evroga baholanayotgandi.

Manba: bombardir.ru