"Fulxem" o'zining rasmiy saytida yangi xaridni amalga oshirganini e'lon qildi. London klubi Frantsiyaning "PSJ" jamoasidan 29 yoshli himoyachi Leven Kurzavani ijaraga oldi.

Leven Kurzava uchun Angliyadagi faoliyati o'zgacha bo'ladi, chunki ilgari u faqat Frantsiyada chempionatida o'ynagan xolos. "PSJ"dan oldin Leven "Monako" sharafini himoya qilgan. Endi futbolchi o'zini Angliya Premer-ligasida sinab ko'radi.

"Fulxem" hozirda APL turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda. 3 sentyabr shanba kuni “Fulxem” safarda “Tottenxem”ga qarshi maydonga tushadi.