Frantsiyaning "PSJ" klubi "Barselona" hujumchisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.

Dembele "PSJ" bilan 2028 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Usmon parijliklar safida 23-raqam ostida o'ynaydi.

Usmon Dembele Frantsiya terma jamoasi safida 37ta o'yin o'tkazib, 4ta gol urgan. Transfermarkt portali hujumchining narxini 60 million evroga baholamoqda.