19 yoshli yarim himoyachi, «Tottenxem»ning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning o'g'li - Mauritsio Pochettino Londonning «Uotford» klubiga ko'chib o'tdi.

Mauritsio «Tottenxem» tizimida 2015 yildan beri o'ynab kelayotgandi. Joriy mavsum 19 yoshli futbolchi «Tottenxem»ning yoshlar jamoasi tarkibida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgandi.

Eslatib o'tamiz, Maurisio Pochettino «shporlar» tarkibini 2019 yili tark etgandi va ayni paytda "PSJ"ni boshqarmoqda.