Hujumchi Endi Kerroll rasman “Nyukasl” a'zosiga aylandi. Bu haqida klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. 

30 yoshli futbolchi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va 1 yillik shartnoma imzoladi. 

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2006/11 yillari “Nyukasl” sharafini himoya qilgan. Shuningdek, futbolchi mazkur klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Avvalroq, futbolchi erkin agent sifatida “Vest Xem”ni tark etgandi.