Angliyaning "Nottingem Forest" klubi qanot himoyachisi Ola Ayna bilan shartnoma imzoladi.

Nigeriyalik futbolchi ingliz klubiga tekinga o'tdi. Shartnoma 1+1 sxemasi bo'yicha imzolangan.

So'nggi 5 yil davomida 26 yoshli Aina "Torino"da o'ynadi. Faoliyati davomida u "Fulxem", "Xall Siti" va "Chelsi"da ham o'ynagan. Ayna "Chelsi" tarbiyalanuvchisi sanaladi.

O'tgan mavsumda Ayna 21 uchrashuvda 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.