"Napoli" himoyachisi Alessandro Dzanoli kelasi mavsumni "Jenoa"da o'tkazadi.

Genuyaliklar klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, 23 yoshli italiyalik futbolchi bilan ijara shartnomasi 2024/25 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.

O'tgan mavsumda Dzanoli "Salernitana"da ijara asosida o'ynadi.