«Napoli» Germaniyaning «Ayntraxt» klubi va Daniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Yespera Lindstrem bilan shartnoma imzoladi.

Manbalarga qaraganda, neapolliklar Lindstremning ijarasi uchun 5 million evro to'lashadi. Mavsum so'ngida esa daniyalik futbolchining to'laqonli transferi uchun 20 million evro to'lanadi.

Lindstrem o'tgan mavsumda «Ayntraxt» safida barcha musobaqalar doirasida 38ta o'yinda maydonga tushib, 9 gol va 4 assist muallifiga aylandi.

Manba: football24.ru