Rasman! "MYu" yosh hujumchini o'z safiga qo'shib oldi (foto)

"Kardiff" hujumchisi Gabriel Byankeri "Manchester Yunayted" safiga qo'shildi. 16 yoshli futbolchi o'zining ijtimoiy tarmog'ida "qizil iblislar" libosidagi suratini joylashtirdi.
Iqtidorli futbolchi “Manchester Yunayted”ning yoshlar jamoasida o'ynaydi. U bilan to'rt yillik shartnoma tuzildi.
Gabriel Byankeri joriy mavsumda "Kardiff" yoshlar jamoasida o'ynadi va 12 ta gol urdi.
"Manchester Yunayted" o'tgan hafta oxirida Angliya Liga kubogi finalida "Nyukasl"ni 2:0 hisobida mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritdi. "Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.
