Rasman! "MYu" tarbiyalanuvchisi bilan shartnoma imzolagini e'lon qildi

Himoyachi Jonni Evans “Manchester Yunayted” bilan qisqa muddatli shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda "mankunianliklar" klubi matbuot xizmati.
Kelishuv 35 yoshli shimoliy irlandiyalik futbolchiga "Manchester Yunayted"ning Edinburg va San-Diegoda bo'ladigan mavsumoldi o'yinlarida ishtirok etish imkonini beradi.
Evans "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi bo'lib, u 2006 yildan 2015 yilgacha jamoada vaqti-vaqti bilan o'ynagan va u bilan uch marta Premer-ligada g'olib chiqqan.
Jonni o'tgan mavsumni o'zi sardor bo'lgan "Lester"da o'tkazdi. 30 iyun kuni uning “tulkilar” bilan shartnomasi yakuniga etdi.