Rasman! "MYu"da o'ynagan hujumchi Bundesligaga ko'chib o'tdi

Huquqlari "Byornli"ga tegishli bo'lgan niderlandiyalik markaziy hujumchi Vout Vegxorst faoliyatini Germaniya chempionatida davom ettiradi. Hujumchining yangi klubi "Xoffenxaym" bo'ldi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, tomonlar 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha ijara shartnomasini tuzgan.
Vegxorst o'tgan mavsumda "Manchester Yunayted"da ijara asosida o'ynagan. 31 yoshli hujumchi APLda 17 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan.
“Xoffenxaym” Bundesliganing yangi mavsumini “Frayburg”ga qarshi uy uchrashuvi bilan boshlaydi. Uchrashuv 19 avgust, shanba kuni bo'lib o'tadi.