Madridning “Atletiko” klubi “Chelsi” hujumchisi Alvaro Morata transferini e'lon qildi.

“Matraschilar” ispaniyalik hujumchini 40-45 million evroga to'liq sotib oliish sharti bilan 7,5 million evroga 18 oyga ijaraga oldi.Futbolchi yangi jamoasi safida 22-raqam ostida to'psuradi. 

Eslatib o'tamiz, Alvaro Morata avval ham La Ligada to'p surgan. U Madridning boshqa bir klubi “Real” sharafini himoya qilgan.