Rasman! "Milan" yana bir transferni e'lon qildi! (FOTO)

"Milan" rasmiy saytida hujumkor yarim himoyachi Edvin Borklundning transferini rasman e'lon qildi. 16 yoshli futbolchi uch yillik shartnomaga imzo chekdi.
Futbolchining o'zi instagramdagi sahifasida oilasi, sobiq klubi "Malme" va sport agentligi Martin Dalinga minnatdorchilik bildirdi.
Borklund dastlab "Rossoneri" yoshlar jamoasida o'ynaydi.