Rasman! "Milan" qishki transfer bozoridagi ilk xaridini amalga oshirdi

"Verona"ning o'ng yarim himoyachisi Filippo Terrachchano "Milan"ga ko'chib o'tdi. Klub sayti xabariga ko'ra, tomonlar 2028 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma tuzdilar.
20 yoshli futbolchi "Verona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoadagi debyutini 2021 yilning dekabr oyida o'tkazdi.
Joriy mavsumda Terrachchano 19 ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.