Angliyaning "Liverpul" klubi sobiq yarim himoyachi Aleks Oksleyd-Chemberlen faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.

Erkin agent maqomida bo'lgan futbolchi "Beshiktosh" jamoasiga kelib qo'shildi va u bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, futbolchi yozda "Liverpul"ni erkin agent sifatida tark etgandi.