"Lids Yunayted" futbolchisi Qatarga yo'l oldi. Xabarlarga ko'ra, "Al-Rayyan" yorkshirliklar hujumchisi Rodrigo Morenoni sotib olgan. Transfer narxi ma'lum qilinmagan.

32 yoshli Ispaniya terma jamoasi a'zosi 2020 yilda "Valensiya"dan 26 million funtga xarid qilingan edi. U o'tgan mavsumda "Lids" safida 15 ta gol bilan to'purarga aylangan edi.

Manba: bbc.com