"Leyptsig" transfer oynasi yopilishidan ikki kun oldin 10-yozgi transferini amalga oshirdi.

Kristofer Lents Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan “Leyptsig”ga o'tdi. U yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan bir yillik shartnoma imzoladi va yangi jamoasida uchinchi raqamda harakat qiladi.

28 yoshli Lents odatda chap qanot himoyachisi sifatida o'ynaydi, lekin u chap yarim himoyachi va markaziy himoyachi sifatida ham o'ynay oladi.