"Leyptsig" o'zining rasmiy sayti orqali himoyachi David Raumning transferini e'lon qildi. 24 yoshli futbolchi keyingi besh mavsumni "buqalar" tarkibida o'tkazadi.

"Leyptsig" safida David Raum 22-raqamda harakat qiladi.

David Raum "Groyter Fyurt" klubi tarbiyalanuvchisi sanaladi. O'tgan yozda himoyachi "Xoffenxaym"ga o'tdi va u erda mavsumni yaxshi o'tkazdi.

Germaniya Bundesligasining dastlabki turida “Leyptsig” safarda “Shtutgart” bilan o'ynaydi. O'yin 7 avgust yakshanba kuni bo'lib o'tadi.