“Leyptsig” tarkibini “Xoffenxaym” va Avstriya terma jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Kristof Baumgartner bilan kuchaytirdi.

"Buqalar" matbuot xizmati xabariga ko'ra, futbolchi klub bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Transfermarkt portali xabariga ko'ra, "Leyptsig" 23 yoshli avstriyalik futbolchining transferi uchun "Xoffenxaym"ga 24 million evro to'lagan.

Baumgartner o'tgan mavsumda Bundesliganing 33 o'yinida 7 gol va 7 golga assistentlik qilgan.