"Leyptsig" himoyachisi Anxelino "Roma"ga ijara asosida o'tdi.

Rim klubi ispaniyalik futbolchini sotib olish optsiyasi bilan mavsum oxirigacha ijaraga olganini e'lon qildi. 27 yoshli futbolchini 6 million evroga sotib olish mumkinligi ma'lum qilingandi.

Anxelino mavsumning birinchi yarmini ijara asosida "Galatasaroy"da o'tkazdi. Turkiya chempionatida 8ta o'yin o'tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirgan.