“Sassuolo”da to'p surgan ganalik yarim himoyachi Kevin-Prins Boateng “Barselona” a'zosiga aylandi. Bu haqda Kataloniya klubining rasmiy sayti xabar tarqatdi.

“Barselona” Boatengni yarim yilga 2 mln evro evaziga ijaraga oldi.  Shuningdek, yozda uni 8 mln evro evaziga sotib olishi ham mumkin.

31 yoshli Boateng"Sassuolo" safida 15 o'yinda 5 ta gol urishga ulgurgandi.