“Arsenal” hujumchisi Aleks Ivobi rasman “Everton” a'zosiga aylandi.

Klub rasmiy saytining ma'lum qilishicha, “irislar” futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Futbolchining transferi “Everton” uchun 40 million evroga tushdi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi “kanonirlar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ivobi “Arsenal” safida 2015 yil debyut qilgan.