Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Gratsiano Pelle A Seriyaga qaytdi.

35 yoshli futbolchi «Parma» klubi bilan shu yilning 30 iyunigacha mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Pellening so'nggi jamoasi Xitoyning «Shandun Lunen» klubi bo'ldi va u chin yurtida 2016 yildan shu yilning yanvar oyigacha to'p surdi.

Italiyalik futbolchi «Sautgempton», «Feyenoord» va «Sampdoriya» klublari ham faoliyat olib borgan. Shuningdek, «Parma» tarkibida 2011/12 va 2012/13 yilgi mavsumlarda to'p surgan.

Benvenuto Graziano #Pellè! ✍????????????
????➡️ https://t.co/0Ptew26ClN#ForzaParma pic.twitter.com/l5seTSjpLp

— Parma Calcio 1913 (@1913parmacalcio) February 5, 2021